Tush taʼbiri: uzuk. Tushda uzuk koʻrish belgisi

Tush taʼbiri: tushda uzuk nimani anglatadi. Agar tushingizda uzuk ko’rsangiz.

Millerning taʼbiriga koʻra tushda uzuk koʻrish.

Agar tushingizda qo’llaringizga uzuk taqib yurgan boʻlsangiz- demak sizni oldinda omadli yakun topadigan yangi ishlar kutmoqda. Singan uzuk – janjal va baxtsizliklar, shuningdek, sevishganlar uchun ajralish degan ma’noni anglatadi. Agar yosh qiz tushida uzukni qabul qilsa – u holda sevgilisi bilan bog’liq tashvishlar ortda qolib, bundan buyon sevgilisi oʻzini butunlay unga bagʻishlaydi. Boshqalarni qoʻlida uzuk koʻrish – sizning farovonligingiz va yangi tanishlaringizni ko’payishini anglatadi.

tushida uzuk tushda

Vangning taʼbiriga koʻra tushda uzuk koʻrish belgilari.

Tushda uzuk koʻrish – voqealar doirasini, hal qilinmagan muammolarni, mehr-muhabbatni, qasamni, sadoqatni anglatadi. Tushda siz sevgilingizning qo’liga uzuk taqayotgan boʻlsangiz – bu tush sizning his-tuyg’ularingiz va va’dalaringizga sodiqligingizni anglatadi. Tushingizda nikoh uzugini qo’lingizga taqayotgan notanish odamni koʻrsangiz- bu sizni uzoq vaqtdan beri bezovta qilayotgan muammoni hal qilishda kutilmagan yordamni anglatadi.

tush tabiri uzuk tushda

Agar tushingizda oʻzingizga mos uzukni tanlay olmayotganingizni koʻrsangiz- bu haqiqiy hayotda siz hech kimga samimiy mehr qo’ymasligingizni anglatadi. Tushingizda sizning qo’lingizdan uzuk tushib ketsa – bu yomon belgidir.Haqiqiy hayotda siz o’z va’dangizni va sadoqatingizni buzganligingiz uchun taqdir sizni sinayotganini anglatadi.

Отправить ответ

Be the First to Comment!

avatar
  Subscribe  
Notify of