Tush tabiri to’y. Agar tushga to’y marosimlarini ko’rish

To’y – tushda to’y bolayotganini ko’rish- oilaviy baxtga, birovning to’yida bo’lish – istaklarni amalga oshishiga, sevgilingiz bilan to’yda bo’lish – afsuslanish va yashirin shubhalarga. Uylanmaganlar to’yda ishtirok etishlari – yaqinda uylanish uchun, turmush qurganlar uchun – bolalar, to’yda faqat erkaklar yoki ayollar orasida bo’lish – hayotdagi tartibsizlik. To’yda kuyovni ko’rish – bu quvonch, to’yda kuyov bo’lish – bu g’iybat.

Millerning ta’biriga ko’ra tushda toyni ko’rish nimani anglatadi?

Tushda toyda qatnashish – muvaffaqiyatga olib keladigan to’siqlaridan tezda xalos bo’lish. Agar qiz bola tushida yashirin to’yni ko’rsa, bu uning uchun yomonlikdan darak beradi. Ehtimol bu tush unga hayotda qoqilishidan darakdir. Agar tushida u taklifni qabul qilsa, u barchaning  ko’zi oldida ko’tariladi va kutilgan va’dalar amalga oshadi.

Agar tushida u ota-onasi uning turmush qurishini ma’qullamaydi deb o’ylasa, bu uning qarindoshlari tomonidan haqiqatan ham ma’qullanmasligini anglatadi. Tushida uning sevgilisi boshqa bilan turmush qurayotganini ko’rsa keraksiz azob-uqubatlar va asossiz qo’rquvlar mavjudligidan darak beradi.

to'y tush tabiri tushida to'yi

Agar siz allaqachon turmush qurganingizni ko’rsangiz, bu qayg’uli holatdir: faqat mo’jiza o’limdan qutqarishi mumkin. Agar to’y qiziqarli bo’lsa va taqiq qo’yadigan qora kiyimli ruhoniy bo’lmasa, unda tushbuning  aksini anglatadi.

Agar qiz o’z to’yida motam tutayotgan odamni ko’rsa, bu uning oilaviy hayoti baxtsiz bo’lishini anglatadi. Agar bu boshqa birovning to’yida sodir bo’lsa, unda u qarindosh yoki do’stning baxtsiz bolishini anglatadi. Shuningdek bu tush kutilgan baxt va sog’lik o’rniga bezovtalik yoki kasallikni anglatishi ham mumkin. Bunday tushdan keyinhayotdagi yoqimli sayohat, yoqimsiz bosqinchilik yoki boshqa kutilmagan hodisa sababli xafagarchilikka olib kelishi mumkin.

Bizning tush ta’birimiz. Tushda to’y ko’rish nimani anglatishi haqida.

To’y – kelajakdagi o’zgarishlar, hayotdagi muhim voqealar belgisidir. To’y haqidagi tushning talqini tush ko’rayotgan insonning  kayfiyatiga, umumiy holatiga bog’liqdir. Siz to’y ziyofatida sharafli mehmon bo’lsangiz bu  – qo’shimcha majburiyatlar degani. Agar baxtli bo’lsangiz – hayotda ishingizdan daromad olasiz.

Agar bayram siz uchun  og’ir o’tsa , unda siz biror kishiga beminnat yordam berishingiz kerak bo’ladi. To’ydagi tantanalar – eski do’stlar bilan uchrashuvni bildiradi. To’yga borishga tayyorgarlik ko’rish  – o’zgarishlarga sabab bo’ladi. qanchalik quvnoq tayyorkansangiz ijobiy o’zgarishlar ham shunchalik ko’p bo’ladi. Yoqtirmagan insoningiz bilan to’yingiz bo’layotganini ko’rsangiz- hayotda  u bilan aloqani minimal darajada kamaytirasiz.

Furtsevaning  psixologik talqini. To’y haqidagi tushlar to’g’risida.

Tushda to’y ko’rish- bu quvnoq oilaviy bayramdir. Ehtimol, aslida sizga iliq aloqa, g’amxo’rlik yetarli emasdir. Shaxsiy hayotingizda kelajagingiz haqida xavotir olayotganingiz  mumkin. Agar  yolg’iz odam tushida to’y  ko’rsa – bu umr yo’ldoshini yoki hech bo’lmaganda do’stlar topishi kerakligining belgisidir. Bundan tashqari, to’y tasviri hayotingizda biron bir narsani o’zgartirish zarurati to’g’risida xabar yetkazishi mumkin. Hashamatli to’y – bu birxillik sizni tushkunlikka solayotganini va rivojlanishingizga imkon bermayotganini belgisi. Boshqa odam bilan aloqa orqali siz yangi yo’nalishga qadam qo’yishingizdan darak beradi.

tush tabiri to'y tushida toy

Romantik tushlar ta’biri. Tushda toy ko’rish belgisi. Tushdagi to’y ikki ma’noda talqin etiladi. BU tush nafaqat ijobiy, balki salbiy holatlarni  ham keltirib chiqarishi mumkin. O’zingizni to’yda kelin sifatida ko’rish – bu sizning yigitingizni boshqa qiz biln qiziqib qolganidan darak beradi. Katta yoshli ayol to’yda kelin bo’lishi – eri bilan kichik janjallashishlar belgisidir.

Er-xotin uchun to’y – turmush o’rtog’idan birining kasalligi belgisi. erkak tushda to’yni ko’rsa xotiniga nisbatan haddan tashqari his-tuyg’ular kuchayishini bildiradi. Tushda aka-uka yoki opa-singilning to’yini ko’rish- shilqim, yoqimsiz yigit bilan tanishish ni anglatadi. Sevimli insoningning to’yida guvoh bo’lib qatnashsangiz-shaxsiy hayotingizda  tub o’zgarishlar bo’ladi. Sevgan kishining boshqa qiz bilan to’yi bo’layotganini ko’rsangiz – bu tush  janjal, ajralish bilan bog’liqdir.

Отправить ответ

Be the First to Comment!

avatar
  Subscribe  
Notify of