Millerning taʼbiriga koʻra tushda pul koʻrishning belgisi.
Tushingizda pul topib olganingizni koʻrsangiz bu kichik tashvishlarni ,katta baxtni va oʻzgarishlar boʻlishi haqida darak beradi. Pul toʻlash- omadsilik belgisi. Oltin olish – bu katta yutuqlar va quvonch belgisi. Pulni yo’qotish, sizni uyingizda va xizmatda muammolar kuzatilishi belgisidir. Pulingizni hisoblayotganingizda kam ekanligini bilib qolsangiz – bu to’lovlarni amalga oshirishda muammolarga duchor bo’lishingizning belgisi. Tushda pul oʼg’irlaganingizni koʻrsangiz bilingki siz xavf ostidadiz , shuning uchun harakatlaringizga ehtiyot boʻlishingiz kerakligini anglatadi.
Pulni tejash – boylik va hayotdagi qulaylikning belgisi. Tushda pul yutayotganingizni koʻrsangiz , sizda xudbinlik paydo bo’lishini anglatadi. Katta miqdordagi pulni qayta sanash, sizning farovonligingiz va baxtingizga erishishingizni anglatadi.
Tushingizda siz bir dasta valyutani topganingizni, lekin yosh ayol bunga da’vo qilayotganini koʻrsangiz- siz yaqin kishining aralashuvi tufayli tadbirkorlikda yo’qotishlarga duch kelishingizni anglatadi. Bu tushni ko’rgan kishi pullarini sarflayotganini va o’z imkoniyatlaridan tashqarida yashayotganini bilishi mumkin. Bu tush ogohlantirishdir! Miyangizni befoyda xayollar bilan asabiylashtirmang, chunki vayron bo’lgan oddiy qogʻoz uy ham yurakni tushkunlikka soladi.
Kichkina tangalarni tushida ko’rish biznesdan norozilikni anglatadi. Ishda muammolar paydo bo’lishini kutishingiz kerak, va yaqinlaringiz va do’stlaringiz sizning e’tiboringiz yetarli emasligidan shikoyat qilishadi. Tushda mayda tangalarni koʻrish – o’zingizga nisbatan beparvolik va muvaffaqiyatsizlikka duch kelasiz. Topilgan pul qulay istiqbollarni va’da qiladi. Agar siz tangalarni tushda hisoblasangiz, bu sizning toʻgʻri va ehtiyotkor bo’lishingizni anglatadi.
Agar tushingizda qarz olganingizni koʻrsangiz- bu ikki tomonlama holatdan bashorat qiladi: siz boshqalarning koʻziga oʻzgacha holatda koʻrinasiz, ammo bu sizni qoniqtirmaydi. Birovning pulini sarflash, siz aldovga duch kelishingizni va do’stingizni yo’qotishingizni anglatadi. Tushda pulni qalbakilashtirish – bu yahshilk boʻlamasligidan darak beradi. Qarz so’rash – yangi tashvishlarni paydo boʻlishini anglatadi.
Vanganing taʼbiriga koʻra tushda pul koʻrish belgilari.
Tushda pul topib olish- atrofdagi kimdir sizga qarshi katta yomonlik tayyorlayotganining dalilidir. Boshqa odamlarning narsalarini, garchi ular kimsasiz joyda qarovsiz yotgan bo’lsa ham, olmang, chunki nopok odamlar ular orqali yaxshi insonlarga zarar yetkazishadi.
Agar siz pul olayotganingizni koʻrsangiz, unda atrofingizdagi odamlar sizda hayotdagi qiyin vaziyatlarda doimo tayyor bo’lgan saxiy va mehribon insonni ko’rishadi. Yirtilgan pulni tushida ko’rish – bu yomon belgi. Yirtilgan pul qashshoqlik, ochlik va talonchilikni anglatadi. Ehtimol, kelajakda uyingizda sodir etilgan bosqinchilik natijasida barcha jamgʻarmangizdan ayrilasiz.
Agar tushingizda siz pul sanayotgan bo’lsangiz, unda haqiqiy hayotda siz juda mayda gapli odamsiz. Siz pulga bo’lgan munosabatingizni qayta ko’rib chiqishingiz kerak, chunki ular hech qachon insoniy munosabatlarning o’rnini bosa olmaydi. Biror kishiga tushida pul uzatish- bu boshlagan ishingizni muvaffaqiyatli bajarish uchun sizga ko’p pul kerak bo’lishdan darakdir.
Отправить ответ
Be the First to Comment!