Tush ta’biri: tushda ot koʻrish belgisi.
Millerning tush taʼbiriga koʻra tushda ot koʻrish
Tushda oq otni minish ajoyib belgidir. Birinchidan, bu sizga do’stlikning mustahkamligini va oʻzingiz yoqtirgan doʻstlaringiz bilan uchrashish quvonchini anglatadi. Agar sizning otingiz iflos ekanligini ko’rsangiz, unda siz ishongan insonlaringiz tomondan aldov va hasadga duchor boʻlasiz. Agar siz qora ot minib yurganingizni koʻrsangiz, demak siz uzoq vaqt davomida biznesda muvaffaqiyat qozonasiz va kutilmaganda mashgʻulotlaringiz behuda va foydasiz ekanligini anglaysiz.
Kauri otlarining yugurishini kuzatish sizga kutilmaganda yomon tomonga o’zgarib ketishi mumkin boʻlgan sharoitlardan darak beradi.Ushbu tush yuzaki sevimli mashg’ulotlarini anglatishi ham mumkin. Olma bogʻi ichida otlarni ko’rish – bu kelajakda ishingizdan foyda olishingizni anglatadi . Chiroyli otga minish – bu yuksalikka va orzularga erishishi anglatadi. Agar ayol kishi bu tushni koʻrsa – u shilqimlik qilayotgan kishisidan voz kechib moddiy daromad olishi mumkinligidan darak beradi.
Sizning otingiz qochib ketib yovvoyi podaga qo’shilib qolganini koʻrsangiz- sizga biror kimsa kasalligi haqidagi xabar kelishini anglatadi. Umuman olganda, chiroyli otlarni tushda ko’rish sizga muvaffaqiyat va farovonlikdan darak beradi. Agar tushingizda shaffof suvni kesib o’tayotgan boʻlsangiz- sizga omad kulib boqadi, ammo agar siz qora suvga qarayotgan boʻlsangiz- quvonchingiz yakunlanadi .
Otingiz usitida oʻtirib toza daryoni kesib oʻtayotgan boʻlsangiz – demak ko’p orzularingiz amalga oshishi va biznesingizda foyda olishingiz mumkinligini anglatadi. Tushda yarador yoki o’lik otni koʻrish- qayg’uli yangiliklardan darak veradi. Xurkib turgan otni minish – omadga erishish yo’lidagi turli qiyinchiliklarni anglatadi.
Agar ot sizni uloqtirsa yoki belingizga qattiq tepsa – unda taqdir sizga raqiblar oldida sinovni yuboradi yoki siz kasal bo’lasiz. Otni jilovini tortib oʻzingizga boʻysundirish – hayotdagi keskin ijobiy o’zgarishlardan darakdir. Agar tushingizda siz yaxshi egarlangan otga mahliyo boʻlib qolsangiz – sizning muvaffaqiyatingiz oʻz tasavvuringizni ham hayratda qoldiradi. Bunday tush, ayol kishiga- hayot uchun ishonchli do’st topishidan darak beradi.
Poyga musobaqalarda ishtirok etish – farovon hayotning garovidir. O’z otingizga taqa qoqish- shubhali tarzda mol- mulkka ega bo’lishdan darak beradi. Agar siz egarlanmagan ot minayotgan boʻlsangiz- unda siz qiyin kurashda gʻolib boʻlasiz va bunda do’stlaringizning yordami muhim xisoblanadi.
Ayollar oldida ot minish – kelajakdagi orzularingiz noaniqligini va sizning qaramligingizdan darak beradi. Agar siz otni qanday qilib yuvintirayotganlarini ko’rsangiz yoki uni o’zingiz yuvayotgan bo’lsangiz, bunday tush siz uchun katta sinovlarni, martabangiz yo’lida qattiq ishlashni va hayotdagi vaziyatni anglatadi.
Ishbilarmon odamlar, mansabdorlar, yozuvchilar uchun juda yahshi hisoblangan tush bu – ular otning yolini va dumini bezatayotganliklarini koʻrishdir.Agar siz aravaga egarlangan otlarni koʻrsangi, bu baxt uchun to’siqlar borligidan darak beradi.Agar siz otda baland togʻga chiqayotgan boʻlsangiz, aslida siz juda kuchli hayotiy mavqega erishasiz.
Agar bu cho’qqiga chiqishda ot dosh berolmasa va siz yo’lni piyoda bosib oʻtsangiz, u holda sizning kuchli mavqeingizga erishish uchun katta harakatlar qilasiz.Agar yosh qiz tushida o’zini qora otga minayotgan chavandoz sifatida ko’rsa – bu uning orzularini ro’yobga chiqarishga yordam beradigan kutilmagan voqeani, shuningdek, hurmatli kimsalar bilan aloqa qilishni anglatadi.
Tepalikdan pastga tushish – muvaffaqiyatsizlikdan darak beradi. Agar tushida sevgilisi uning ortidan ot minib kelayotganini koʻrsa – bu shu ayolga unga xushomad qilayotgan kishisi bilan muvaffaqiyatga erishishi mumkinligidan darak beradi.
Отправить ответ
Be the First to Comment!