Tush tabiri o’rgimchak. Agar tushga o’rgimchak kirsa

Tush ta’biri: tushda o’rgimchak nimani anglatadi. Freydning taʼbiriga koʻra tushda oʻrgimchak koʻrishning belgilari.

Agar ayol kishi tushda o’rgimchak koʻrsa, bu uning hayotida yaqin kishisi tomonidan tahqirlanishidan qoʻrqishni bildiradi. U oʻzinig kuchi va isteʼdodini qadrlamaganligi sababli qoʻrquv yuzaga keladi.

Millerning taʼbiriga koʻra tushda o’rgimchak koʻrish.

O’rgimchakni tushida ko’rish sizning ishingizda diqqatli va faol bo’lishingizni anglatadi va omad sizga kulib boqadi. Tushda oʻrgimchak toʻr toʻqiyotganini koʻrsangiz, bu oʻz uyingizda hotirjam va baxtli yashashingizdan darak beradi. Tushda oʻrgimchakni o’ldirish – bu turmush oʻrtogʻingiz yoki sevgilingiz bilan janjallashishingizni anglatadi.

o'rgimchak tush tabiri

Agar tushda o’rgimchak sizni tishlab olsa, bu siz xiyonat qurboniga aylanashingiz va sizning ishingiz dushmanlaringizning aybi bilan barbod boʻlishini anglatadi. Agar tushingizda siz oʻz toʻrlariga osilib turgan ko’plab o’rgimchaklar bilan qurshab olingan boʻlsangiz, bu sizga juda qulay sharoitlardan darak beradi: mustahkam sog’liq, omad va do’stlaringizning qoʻllab quvvatlashlari.Agar siz tushingizda katta toʻrdagi ulkan oʻrgimchakni koʻrsangiz, bu xavfli aloqalarga qaramay, hayotda tezkor muvaffaqiyatlarga erishish demakdir.

Tushingizda Juda katta va juda kichik o’rgimchaklar bir vaqtning o’zida sizga yaqinlashayotganini koʻrsangiz, bu siz oʻz ishingizda muvaffaqiyat qozonishingizni va omadli ekanligingizdan xursand bo’lishingizni anglatadi; ammo, agar tushingizda ulkan o’rgimchak sizni tishlasa, bu dushmanlar sizning omadingizni o’g’irlashidan darakdir. Agar sizni kichkina o’rgimchak tishlasa, unda kichik hujumlar va hasad sizni bezovta qiladi.

Agar siz katta o’rgimchakdan qochayotganingizni koʻrsangiz, unda omad sizni kamsitilgan holatda tark etadi. Agar siz ushbu o’rgimchakni o’ldirsangiz, unda siz munosib holatni egallaysiz. Ammo, agar u oʻziga kelib, yana ortingizdan quvsa unda kasallik va boylikdagi o’zgarishilar sizni eza boshlaydi. Agar qiz bola atrofida oltin o’rgimchaklar aylanib yurganini koʻrsa, bu uning baxti yonginasida ekanligidan va u yangi do’stlar qurshovida bolishidan darak beradi.

Отправить ответ

Be the First to Comment!

avatar
  Subscribe  
Notify of