Tush taʼbiri: oʻpich. Tushda o’pich koʻrish belgisi

Tushning ta’biri: tushda oʻpich koʻrish. Agar tushida o’pishayotgan bo’lsangiz.

Millerning taʼbiriga koʻra tushda oʻpichni koʻrish.

Tushida o’pishayotgan bolalarni  ko’rish – oilada baxtli yarashish va ishdan qoniqishni anglatadi. Tushingizda onangizni o’payotgan boʻlsangiz –  bu ishingizda muvaffaqiyat, do’stlaringizning sevgisi va hurmati sizni kutayotganligini anglatadi. Aka- uka  yoki opa-singilni o’pish – yaqinda nimadandir zavq olishingizni  va yaxshi do’stlikning belgisidir.

tushda oʻpich

Qorongʻuda sevgilingizni o’payotgan boʻlsangiz – bu xavf va axloqsizlikni anglatadi, agar yorugʻda uni o’payotgan boʻlsangiz- bu siz ayollarga bo’lgan ezgu munosabatingizni o’zgartirmasligingizni anglatadi. Tushdagi notanish ayolni o’pish – bu axloqsiz ishlardan darak beradi. Raqibingiz sizni sevgilingizni o’payotganini ko’rsangiz, siz sevgilingiz oldida hurmatingini yo’qotishingiz mumkinligidan darak beradi.

Er-xotinlar bir-birlarini o’pishayotgan tushni ko’rishlari – bu o’z uylarini hech qachon tark etmaydigan ruhiy uyg’unlikni anglatadi. Agar tushingizda siz dushmaningizni o’psangiz – bu do’stingiz bilan yarashishda muvaffaqiyat qozonishingizni anglatadi. Agar yosh ayol tushida kimdir uni yaqin kishisini o’payotganini koʻrsa- bu tush uning uzoq do’stlari tomonidan qilinadigan beadab harakatlaridan darak beradi.

tush tabiri o'pich

Freydning taʼbiriga koʻra tushda oʻpish

Ayol kishi uchun bunday tush koʻrish-  ma’lum bir jozibali erkak bilan tanishishni ammo bu erkak keyinchalik alfons ekanligidan darak beradi. Bunday tushni ko’rgan erkak kishi uchun esa bu – uning «ikkinchi yarmi» ga nisbatan yumshoqroq bo’lishi kerakligin – u allaqachon sizdan zerikib qolganini anglatadi. Agar tushingizda siz biron kishilarni o’pishayotganlarini koʻrsangiz – unda siz o’zingiz yoqimsiz voqealarga koʻmilib qolishingiz mumkin.

Отправить ответ

Be the First to Comment!

avatar
  Subscribe  
Notify of