Tush taʼbiri baliq. Tushda baliq koʻrish.

Agar siz toza suvda baliq koʻrsangiz- taqdir sizga saxovat ulashishini anglatadi. Tushdagi o’lik baliq – qayg’ularni va yo’qotishni anglatadi. Agar tirik baliq yoshlarning tushiga kirsa- uni baxtli muhabbat kutayotganida darak beradi. Baliqni ovlash va ushlab olish – bu sizni kutayotgan ogʻir sinovlarni tushkunlikka tushmasdan yengib oʻtishingizdan dalolat beradi.

Agar siz suvda baliq ovlash uchun toʻrni ushlab ketayotgan boʻlsangiz – oʻngingizda ishbilarmonligingiz tufayli tez orada omad sizga kulib boqadi. Baliq ovini tomosha qilish – sizga qulay sharoitlardan unumli foydalanish uchun kuch bagʻishlashini anglatadi.

tushida baliq

Agar siz tushingizda baliq bozoriga ketayotgan boʻlsangiz – hayotda sizni farovonlik va quvonch tark etmaydi.
Tushda baliq ovlash toʻrini koʻrish – bu biron narsa xarid qilishdan darak beradi, ammo agar to’r yirtilgan bo’lsa, unda baxtsizlikdan belgisidir.
Agar tushingizda qarmoqning ilmogʻini qoʻlingizga olsangiz unda bu tush sizga o’z taqdiringizni belgilash oʻzingizning qoʻlingizda ekanligini eslatadi.

Nostradamusning Tush taʼbiri baliq. Tushda baliq koʻrish.

Nostradamusning taʼbiriga koʻra tushda baliq Baliq ovlash – qiyin vaziyatdan chiqish yo’lini topishga harakat qiling.

Agar siz hech narsa ushlamaganingizni va daryodan bo’sh qollar bilan qaytayotganingizni koʻrsangiz orzularingiz amalga oshmasligidan darak beradi.
Baliqlarning katta to’dasini ko’rish – bu tush taqdirga ko’p ishonmasligingizni, aks holda siz berilgan imkoniyatingizni qoʻldan boy berishingizdan darak beradi. Tushda uch dona baliqni ko’rish bu baxti boʻlishdan darak beradi.

tushida baliq tush tabiri

Tushda baliqni isteʼmol qilish – kutilmagan, ammo yoqimli yangiliklarni eshitishdir.
Agar siz aynib qolgan baliqni tushingizda koʻrsangiz- kutilmagan mish-mishlar yaqin odamingiz bilan munosabatlaringizni buzadi.

Отправить ответ

Be the First to Comment!

avatar
  Subscribe  
Notify of